Bugun marketingda Maslow piramidasidan qanday foydalanish mumkinligi haqida gaplashamiz.

Nega Maslou?

1943-yilda Abraham Maslou Psychological Review jurnalida «Inson motivatsiyasi teoriyasi» nomli maqolasini chop ettiradi. Maqola insonning istaklarini iyerarxiyalangan ko’rinishda tushuntirib bergani sabab katta mashhurlikka erishadi.

Maslou piramidasi nima haqida?

Maslou piramidasi inson ehtiyojlarini tobora oshib borishi haqida bo’lib, piramida ko’rinishida tasvirlangan.

Piramidada asosiy 5 ta qatlam bo’lib, inson quyidagi talabi qondirilmaganda keyingisiga o’ta olmasligini tushuntiradi. Ular:

  1. biologik ehtiyojlar
  2. xavfsizlik
  3. tegishlilik hissi
  4. hurmat
  5. самореализация (uzr uzb. topa olmadim)

1. Biologik ehtiyojlar

Maslouning aytishiga qaraganda, insonlar avvalo biologik ehtiyojlarini qondirishlari kerak ekan. Ularga havo, suv, uy, ozuqa, kiyim, uyqu, nasl qoldirish kabilarni kiritish mumkin.

Inson biologik ehtiyojlari qondirilmaguncha keyingi bosqichlarga ko’tarilishi qiyin. Bekorga och qoringa nasihat kirmaydi deyishmaydi)

2. Xavfsizlik

Qorin to’q, tirikmiz, endi bizga xavfsiz joy kerak yashash uchun. Urush janjallardan yiroqda, dushman xatar solmaydigan va h.k. Hozirgi dunyoda bunday xavflardan uzoqdaligimiz rost, lekin hozir ularni boshqa ko’rinishda bo’lishi mumkin: masalan, stressdan holi hudud, konflikt bo’lmaydigan joy kabi.

3. Tegishlilik hissi va muhabbat

Inson – ijtimoiy mavjudot. Insonlar doimo o’zi yashab turgan jamiyatga tegishli ekanliklarini his qilishni, ularni shu jamiyatda o’z o’rinlari borligini, ularni qadrlash va sevishlarini his qilishni istaydi. Bu insonni bejizga yashamayotganini his qilishi uchun kerak.

4. Hurmat

Yuqoridagi 3 tasiga erishgan odam, endi shunchaki jamiyatni bir qismi emas, atrofidagilar oldida hurmati va ta’siri bo’lishini istaydi. Boshqalardan ajralib turishni istaydi. Masalan, qo’l ostida qanchadur inson ishlashini, uni so’zini e’tiborga olishlarini, uni qarorlari muhim ekanini bilish kabi.

5. Samorealizatsiya

Maslou piramidasining eng yuqori cho’qqisi bu samorealizatsiya bosqichi. Inson quyida sanab o’tilgan bosqichlardan o’tgach, o’z potensialini kashf etishni, ortidan foyda qoldirib ketishni istaydi. Shu bosqichga yetgan insonlargina umuminsoniyat uchun muhim bo’lgan ulkan ishlarga qo’l uradilar.

Maslou piramidasidan marketingda qanday foydalanish mumkin?

Bilamizki, marketingni asosiy drayveri talab. To talab bo’lmas ekan, taklif berib bo’lmaydi. Insonlarda talab yo’qmi – biznes yurmaydi. Unda nima qilish kerak? Talab yaratish kerak. Aynan Maslou bizga shu talabni yaratishga yordam beradi.

Eslang, Iphone avvaliga nima maqsadda yaralganini: u shunchaki CD player va telefonni bir joyda jamlash uchun kerak edi. Hozirchi? Hozir yiliga 1 ta yangi model, avvalgilaridan atigi 5-10% o’zgarish bilan maximum.

Unda nega odamlar sotib olyapti? Buni bilish uchun Iphone’ni bitta reklamasini ko’rish kifoya:

Iphone 15+ modelini face id fishkasi bilan reklama qilishgan. Face id odamlarga nima beradi? Xavfsizlik! Hech kim sizni telefoningizga tegmaydi, hech kim yozishmalaringizni o’qimaydi, hech kim galereyangizni titmaydi! Zo’rku, to’g’rimi?!

Yana bitta misol, Nike o’zining «Tenglik» nomli reklamasida insonlarga bir-birlarini kamsitmasligi, aslida hamma bir jamiyatning teng a’zosi ekanligi g’oyasini ko’taradi. Reklamani ko’rib, undagi подтема ni ko’rish mumkin: dunyo oq-qoraga, diniga qarab ajratadi. Nike esa yo’q: rolikdagi hammani egnida Nike kiyimlari. «Nike ga qo’shil va butun bir jamiyatning (community) bir qismiga aylan, biz seni ajratmaymiz!» Kuchli rolik. Chunki uni ostida ham maslou ehtiyojlari hisobga olingan. Aynan esa tegishlilik hissi.

Xulosa:

2 ta xulosa bilan yakunlaymiz:

  1. Yangi mahsulotingiz bor. Lekin bozor yo’q. Talab yaratishdan boshlang. Buning uchun mahsulotingizni emas, mahsulotingiz insonni qaysi bazaviy ehtiyojlarini qondirishini tushuntirib bering. O’quv markaz emas, kelajakda yaxshi daromad ortidan keladigan hurmat soting; shirinlik emas yaqin insonlari bilan vaqt o’tkazsa bo’ladigan muhit soting. Hullas shunaqa.
  2. Marketinga uncha aloqasi yo’q, lekin rivojlanayotgan har kim uchun foydali bo’lsa kerak. Bugungi spiker-motivatorlar o’zlarini pozitsiyadan kelib chiqib, eng yuqori ehtiyojlarini uyg’otishyapti. Bu ularni aybi emas, lekin yoshlar uchun ortiqcha stress, maqsadini, nega yashayotganini tushunmaslik kabi holatlarga olib boryapti. Xolbuki, inson biologik va bazaviy ehtiyojlarini qondirmay, yuksak narsalarga erisha olishi qiyin. Atrofimda juda ko’pchilikni uchratdim: 16-17 yosh jamiyatga foyda keltiraman, nima qilay degan katta yukni bo’yniga olgan. Eng qizig’i, ularni hali oilaviy sharoiti unaqa zo’r emas, do’stlari yo’q, o’ziga ishonmaydi, sog’ligiga qaramaydi, oilasi yordamga muhtoj. Bu holatda yoshlar o’zlariga shunchaki katta stress olib keladilar. O’rniga avval ularni o’z xarajatlarini qoplashga, oilasiga yordam berishga, sog’ligiga e’tibor berishga undash samaraliroq bo’lar edi. Yana bilmadim.

Agar maqola foydali bo’lgan bo’lsa, izohlarda o’z fikringizni qoldirishni va pochta manzilingiz bilan newsletterga obunab o’lishni unutmang. Obuna – mutlaqo tekin!

Leave a comment

Trending