Hech narsa demayman, o’zingiz maqola yakunida qaror qilasiz)

Bugun sizlar bilan 02 – Oxygen brendi haqida gaplashamiz. Brend o’zini pozitsiyalashi juda ham qiziq!

O2 – kislorod – yashash uchun muhim narsa(Essential for Living) shiori ostida faoliyat olib boruvchi bu brend, yaqinda o’zining qaynoq reklama kampaniyasini taqdim etdi.

Kampaniya «Yaqin yoki uzoqda»(Near or far) deb nomlanadi. Reklamaning g’oyasi juda kuchli: bir-biringizdam yaqin yoki uzoqda bo’lsangiz ham biz sizni hayotingizni eng muhim lahzalarida yaqinlaringiz bilan bog’laymiz.

Reklama kampaniyasi sinematik uslubda ota va qiz haqida hikoya qiladi. Qiz o’zi istagandek maktabga o’qituvchi bo’lib ishga joylashgan bo’ladi. Qizning otasi dunyoning boshqa bir chetida – Walesda bo’ladi. Biroq 02 tarmog’i bilan ular bu quvonchli lahzalarni birgalikda baham ko’rishga musharraf bo’lishadi.

Lekin shu joyiga bitta savol tug’ildi, bular biznikilardan ko’chirganmi shunda yoki biznikilar bu ideani ertaroq o’ylab qo’yishganmikan a?)

O’zimizni UCell brendi ham naqd 14 yil oldin shu go’ya bilan reklama chiqargan ekan. Bizda direct marketing bilan produktini «tikkalay» sotishgan, 02 esa birinchi o’ringa odamlarning emotsiyasini, ularni birlashtirishnimqo’yishgan, va shu yo’lda o’zlarini ularga vositachi ekani g’oyasini olib chiqqan.

Ha, mayli, nima bo’lgan taqdirda ham kreativ reklamalar ko’payaversin deymiz. Sog’ bo’laslar)

Leave a comment

Trending