
E’tibor berdingizmi, dunyo bo’ylab ko’plab brendlar ko’p qismli seriallardan marketing instrumenti sifatida foydalanishni boshladi. Keling, marketingda to’xtalishdan avval, seriallar haqida biroz gaplashsak.
Seriallar nima va ular qanday ishlaydi?
Seriallar oddiy filmlardan farqli o’laroq bir qancha qismlardan iborat bo’ladi. Va odatda avvalgi epizod undan keyingisiga logik jihatdan bog’liq bo’ladi. Hatto multseriallar ham shular jumlasidan.
Hech serial ko’rganmisiz? Bizni yoshligimizda hind va xitoycha seriallar juda mashxur edi, meni o’zim ham jang san’ati yohud xitoy madaniyati haqidagi seriallarni yoqtirardim, masalan, Saroy Javohirini, haa Tangem, to’ppa to’g’ri!
Keyin turk va o’zbek seriallari birin-ketin ekranlarni to’ldira boshlashdi. Lekin meni qiziqtirgan savol, nega endi serialni bir qismini ko’rgach, keyingisini ko’rmay tura olmaydi inson? Hech o’ylab ko’rganmisiz?
Bu huddi o’ziga o’rgatib qo’yadigan og’uga o’xshaydi, boshladingizmi, ohirigacha yetkazishingiz kerak. Netflix olib borgan tadqiqotlarga qaraganda, tomoshabinlarning 61% 2-6 ta seriyasini bir o’tirishda ko’rib qo’yishar ekan. Xo’sh, buni ortida nima turadiki, seriallar shunday kuchga ega?
Buning asosiy sababi biz serial ko’rganimizga miyamiz dofamin ishlab chiqararkan ekan. Organizmimiz esa dofamin ishlab chiqaruvchi har qanday narsaga odatlanib qoladi. Bundan tashqari miyamiz serialda bo’lib o’tayotgan narsalarni ham real sodir bo’lyapti deb o’ylar ekan va h.k.
Marketingda seriallardan foydalanish nega kerak?
Yuqorida olgan ma’lumotlarimizga ko’ra, seriallar doimo yoqimli, sababi ularni ko’rsak miyamiz dofamin ishlab chiqaradi. Bundan tashqari bir seriyaning finali va yangi seriyaning boshi bizda loop – zanjir hosil qiladi. Zeigarnik effektiga ko’ra, miyamiz ishlarni ohiriga yetkazishni istaydi: bitta qismni ko’rdikmi, hammasini ko’rishimiz kerak deb o’ylaymiz.
Endi shu serialni biror bir brend tayyorlasa-chi?
- brend o’z aydentikasi: ranglari, logosi, shiori kabilardan foydalanadi – bu brendni odamlar ongida eslab qolinishga yordam beradi
- o’z mahsulotlarini reklama qiladi – sotuvga undaydi
- mahsulotidan qanday foydalanishni, undan foydalanganlar haqida epizodlar qo’shadi: mijoz tajribasini ulashadi
- tez-tez kontent chiqaradi – odamlar xotirasidan o’chib ketmaydi
- serial – insonlarga yoqadigan narsa bilan assotsiatsiya bo’ladi – brendga nisbatan iliqlik uyg’otadi
- o’z P’larini ochib beradi: mahsulot, kimlar ishlaydi, qayerda joylashgan, narxlari, jarayon qanday kechadi va hokazo.
Seriallardan muvaffaqiyatli foydalangan brendlar bormi?
Javob: ha
- Uzum Market va Uzum Tezkor
2. OZON
3. MIXIT
4. LANS klubi
Umuman olganda 4 serial ham o’zicha qiziq va tomoshabinni e’tiborini torta oladi: Uzum o’zbek seriallariga xos muhabbat mavzusi bilan, OZON barchamizga tanish «Kichkina shaxzoda» timsoli bilan, MIXIT yumoristik ssenariysi bilan, Lans esa Simsons uslubi bilan.
Chet elda rivojlanayotgan trendga Uzum birinchilardan bo’lib ergashdi, endi boshqa lokal brendlarimiz ham boshlashsa ajb emas. Ko’ramiz)
Leave a comment