
Z avlod( Gen Z) – bu shunchaki demografik yosh qatlami emas; ular raqamli texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar bilan katta bo’lgan, ulkan ma’lumotlarni qidirish, filter qilish va ularga ko’ra qarorlar qabul qila oladigan avlod.
Ularning iste’mol madaniyatlari, xarid qilish odatlari Milleniallarnikidan ancha farq qiladi. Bugun SM marketingga turtki bo’lganlar ham shu Gen Z bo’ladi. Amerikada tahminan 40% iste’molchilar shu avlod ekan, bizda ham raqamlar shu atrofida bo’lsa ajab emas.
Xo’sh, bu o’zi qanday avlod va brendlar ularga qanday yo’llar bilan sotuv va marketing usullarini qo’llashmoqda? Bugun batafsil shu haqida gaplashamiz.
Gen Z qanday avlod?
O’rtacha raqamlarga qaraganda, Gen Z, yoki zumerlar, 1997-2010 yillar oralig’ida tug’ilgan avloddir. Ularni boshqa avlodlardan ajratib turadigan asosiy tarafi ular texnologiyalar bilan katta bo’lgan avloddir. Ya’ni ular smartfonlar, Internetni ko’rgan birinchi avlod.
Gen Z shaxsiy xususiyatlari
- Gen Z virtual olamda katta bo’lgani uchun katta bir jamiyatning bir qismi ekanligini his qilishni istaydi.
- Gen Z boshqalarga yordam berishni, ayniqsa, tabiat ifloslanishi, bemorlar, yordamga muhtojlarga o’z ko’rsatishni, umuman foydali bo’lishni istaydi.
- Gen Z moslashuvchanlikni yoqtiradi: ular doimiy bir xil rutinalarda ishlay olishmaydi. Tez burn out bo’lib ketishadi.
- Ular rostgo’ylikni, iyerarxiyaga asoslanmagan liderlikni ustun ko’rishadi. Batafsil bu maqolada o’qishingiz mumkin.
Gen Z va reklama
Gen Z baland ovozlar, shovqin, bachkanalikni yoqtirmaydi. Ular minimalizmni, sokinlikni va ritmni ustun ko’rishadi. Va eng muhimi reklamalar bilan ularning raqamli dunyosiga kira olishingiz kerak. Ular ijtimoiy tarmoqlarda bo’lishadi, Millenialsdek televizorda emas. Quyida ba’zi reklama kampaniyalarini ko’ramiz:
- Britaniya armiyasining reklamasi Time’s jurnalida Gen Z’ga qilingan kritikasidan muvaffaqiyatli foydalanadi.

Britaniya Armiyasi «Bizga sening diqqating, o’zinga ishonching kerak» degan ideya bilan chiqishadi. Bu reklama yaxshi ishlaydi, sababi avval Gen Z’ga qo’yilgan ayblovlar olinadi, ularga kuch beriladi va harakatga chaqiriladi.
2. Levi Gen Z’ni kiyimlarini uzoqroq kiyishga undagan reklamasi ham yaxshigina samara berdi. Yuqorida sanagan sabablarimizdan biri, bu avlod tabiatga nisbatan qattiq e’tiborli, ular inglizchada aytganda eco-friendly avlod, kelajak uchun harakat qilishadi.

Levi ning fishkasi yaxshiroq kiyimlar sotib olsang, uzoqroq kiyasan, bu esa atrof muhitga qilish mumkin bo’lgan yaxshilik ekanini olib chiqadi.
3. Personalizatsiya yoki shaxsiylashtirish, ya’ni bir product aynan bir inson uchun moslashuvi, bu mijozga uning ahamiyati ko’rsatishi aniq. Spotify ham Gen Z ga aynan shu hisni bera oladi.

Ya’ni qo’shiqchilar yoki playslistlar emas, aynan sen uchun eng top bo’lgan qo’shiqchilar yoki sen yaratgan playlistlar iboralaridan foydalandi,
4. Nike o’zining Genderlar orasidagi stereotiplarga qarshi chiqqan reklama roliklari bilan ham Gen Z ga katta ta’sir o’tkaza olgan.
5. Gucci ning Superlastic bilan hamkorligida tashkil etilgan kiyimlar namoyishi ham Gen Z uchun juda omadli keys bo’lgan.
Bremd avlodning sevimli animatsion personajlaridan model sifatida foydalangan, kolleksiya juda qisqa muddatga sotilgani auditoriya bilan yaxshigina aloqa o’rnatilganini anglatsa ajab emas.
Shu bilan biz maqolani yakunlaymiz, xulosa qilib aytganda, agar sizning auditoriyangiz Gen Z bo’lsa, ularning shaxsiyati, ularga borish yo’llarini yaxshilab o’rganing. Maqola yoqqan bo’lsa, obuna bo’lib qo’yishni unutmang.
Leave a comment